Tadbirkor Murod Nazarov Ocard suv brendi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini ma’lum qildi. Ocard savdo belgisi patenti J-United Group korxonasiga tegishli. Bu kompaniya ta’sischisi esa Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.
Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarni poytaxtdan faqat qonuniy yo‘l bilan, onlayn-auksion orqali yer sotib olishga chaqirib, yer olishga yordam beramiz deganlarga ishonmaslikni so‘radi. «O‘z mablag‘ingizni ehtiyot qiling, yerning qonuniy egasi bo‘ling», — dedi hokim. U aholi yashash massivlarida ruxsatsiz inshootlar qurish «aholi tinchligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», deya qo‘shimcha qildi.
Dizayner Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi hajviy videosi uchun uzr so‘radi. U ushbu videoni keng ommaga tarqalib ketganligi uchun Troll.uz ni «podstava» qilganlikda aybladi. Troll.uz muallifi rassomga nisbatan tahdid qilinganligini ta’kidlamoqda. Artel vakili «Troll.uz ning fikrlari har doim ham to‘g‘ri va adolatli bo‘lavermasligini» aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting